

Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. Forvardning klub bilan shartnomani uzaytirgani haqida 5 noyabr kuni e'lon qilindi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yangi kelishuv Keynni Yevropadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi. Shartnoma muddati 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Avvalgi shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum oxirida tugar edi.
Keyn 2023 yildan beri "Bavariya"da o'ynab kelmoqda. Angliyalik futbolchi klub bilan ikki bor Germaniya Bundesligasi chempioni bo'ldi, Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, ikki marta mamlakat Superkubogida zafar kuchdi.


