

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, "Liverpul" va "Arsenal" futbolchi uchun kurashda "Barselona" hamda "PSJ" tomonidan ortib borayotgan raqobatga duch kelishdi. Manba ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi kunlarda APL grandlari o'yinchiga bo'lgan qiziqishini faollashtirishgan, 21 yoshli pleymeykerni yozdan beri kuzatib kelayotgan boshqa klublar orasida "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Manchester Siti" bor.



