"Manchester Yunayted"ning 16 yoshli tarbiyalanuvchisi "Real"ga o'tishga yaqin turibdi

6 noya 2026, 10:30
"Manchester Yunayted" hujumkor yarim himoyachisi Djey Djey Gebriel "Real"ga o'tishga yaqin.

Florian Plettenbergning xabar berishicha, 16 yoshli futbolchi va uning vakillari Madrid klubi bilan muzokaralarda oldinga siljishdi.

Tomonlar og'zaki kelishuvga erishishdi, ammo tibbiy ko'rik sanasi hozircha belgilanmagan. Futbolchi "Real"ni "Bavariya", PSJ va "Barselona"dan afzal ko'rdi.

Transfer 1 yanvarga rejalashtirilgan - bu Britaniya fuqarosida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi Irlandiya pasporti borligi tufayli mumkin bo'ldi. Bunda MYU faqat futbolchini tayyorlagani uchun kompensaciya oladi.

O'xshash yangiliklar