Yamal "Real" haqida aytgan gaplaridan afsusda emas

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2026, 13:51
"Barselona" vingeri Lamin Yamal "El-Klasiko" oldidan "Real" haqida aytgan gaplaridan afsuslanmasligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning oktyabr oyida 18 yoshli futbolchi Kings League mediafutbol ligasi strimida madridliklar klubi futbolchilari "aldaydi va shikoyat qiladi" deb aytgandi.

- "Real"ning aldamchiligi haqidagi gaplaringiz uchun afsuslanasizmi?

- Yo'q, bu futbol. Yakunda ular o'sha o'yinda g'alabani nishonlashdi, lekin keyin bizning maydonda mag'lub bo'lishdi. Men Karvaxal bilan boshqa gaplashganim yo'q, umuman "Madrid"ning hech qaysi futbolchisi bilan gaplashmayman, - dedi Yamal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: COPE