

Ushbu surat 2007 yildagi xayriya fotosessiyasida olingan bo'lib, unda Messi o'sha paytda bir necha oylik bo'lgan Yamalni cho'miltirayotgani tasvirlangan.
JCH-2026 finalida tarkibida Yamal bo'lgan Ispaniya terma jamoasi Messi to'p surgan Argentina jamoasini mag'lub etdi.
- [O'yin yakunlangach] men: "Futbolga bergan barcha narsang uchun rahmat", dedim. Men hech narsani chiroyli kadrlar uchun qilmayman, bu chin yurakdan qilingan edi.
Otasi ilgari nega ushbu mashhur suratni e'lon qilmagani haqida
- Chunki men unga suratni joylamaslikni aytgandim. Kunlarning birida u suratni Facebook'ga joylashtirdi va men undan buni o'chirib tashlashni so'radim. [Messi bilan] solishtiruvlarni keltirib chiqarish juda oson, odamlar shundoq ham bu haqda gapirishayotgan edi. Men Messi emas, Lamin bo'lishni xohlardim. Men shunchaki erishishim mumkin bo'lgan narsalarga erishmoqchi edim. Men undan kutib turishni so'radim, - dedi Yamal.




