

Jahon futbolidagi bosh individual mukofotga jami 30 nafar futbolchi nomzod qilib ko'rsatilgan. G'olib 26 oktyabr kuni Londondagi maxsus marosimda e'lon qilinadi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, sovrin uchun ikki asosiy da'vogar - "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal hamda "Bavariya" va Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn hisoblanadi. Ularning g'alaba qozonish ehtimoli 44% va 42% ga baholanmoqda. Reytingda keyingi o'rinlarni 2026 yilgi jahon chempionati finalchisi, Argentina terma jamoasi a'zosi Lionel Messi (5%) va "Real" hamda Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe (5%) egallab turibdi.
Polymarket talqiniga ko'ra "Oltin to'p" - 2026 uchun top-7 da'vogarlar (28 sentyabr holatiga):
1. Lamin Yamal - 44%.
2. Garri Keyn - 42%.
3. Lionel Messi - 5%.
4. Kilian Mbappe - 5%.
5. Rodri - 3%.
6. Xvicha Kvaratsxeliya - 1%.
7. Usman Dembele - 1%.
Manbaga ko'ra, qolgan 23 nafar da'vogarning nominaciyada g'alaba qozonish ehtimoli 1% dan kamni tashkil etadi.



