Yamal: "Real"ni kuzatib boraman. Har doim ularning mag'lub bo'lishini xohlayman"

Administrator
19 sen 2026, 13:02
"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Yevropaning qaysi klublarini kuzatib borishi haqidagi savolga javob berdi.

"Real"ni kuzatib boraman. Lekin "Real" borasida har doim ularning mag'lub bo'lishini xohlayman.

PSJ? Ularni Chempionlar ligasida kuzataman, chunki ularning raqibni qanday qilib bosim ostida ushlab turishi va ustunlik qilishini tomosha qilishni juda yaxshi ko'raman. Vaholanki, agar raqib Chempionlar ligasida o'ynayotgan bo'lsa, demak, u haqiqatan ham juda yaxshi jamoa.

"Bavariya"ga kelsak, ularning o'yinini tomosha qilishni yoqtirmayman, chunki Germaniya chempionatida chindan ham dominantlik qilishlarini bilaman. Hatto Chempionlar ligasining umumiy bosqichida ham ularni kuzatmayman, chunki menda ular har doim to'liq ustunlik qilayotgandek taassurot qoldiradi. PSJning "Bavariya"ga qarshi o'yini esa ajoyib bo'lgandi", - dedi Yamal so'zlarini keltiradi Movistar.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Movistar