"Guliston" stadionida ish to'xtab qoldi: jamoaning Proligadagi ishtiroki so'roq ostida

admin
17 noya 2026, 11:55
“Guliston” 2026 yilgi debyut mavsumidayoq muxlis va mutaxassislar e'tiboriga tushdi: Birinchi ligada g'oliblik, O'zbekiston Kubogida esa chorak final.

Bungacha Birinchi liga klubi mamlakat kubogida chorak finalga qadar yetib kela olmagandi.

2.jpg

“Guliston” o'z musobaqasida faqatgina Toshkentda ikki bor ochko yo'qotdi: Ahmedov bilan 1:1 hisobidagi durang va Respublika FA bilan bellashuvda mag'lubiyat - 2:5. Markaziy mintaqada qolgan barcha raqiblar taslim etildi. Pley-off bosqichida ham Abbos Ergashev shogirdlariga teng keladigani topilmadi.

3.jpg

O'zbekiston Kubogida tarix yozildi. Proliga klublarining chorak finalga qadar yetib kelishi urfga kirmoqda. Biroq Birinchi liga vakiliga 2026 yilga qadar bu nasib etmagandi. OKMK bilan to'qnashuvda ham gulistonliklar so'nggi soniyalarga qadar kurash olib borishdi. Mirjalol Qosimov jamoasi Superliga grandlari bilan teng o'ynayotgan bir vaqtda Olmaliqda bu raqib to'sig'idan o'tish oson emasdi.

4.jpg

Kubokda qur'a omadli kelgandi deb bo'lmaydi. Zero, Guliston mazkur musobaqada faqat yuqori Liga vakillari bilan to'qnash keldi. Avvaliga Buxoro universiteti taslim etildi. Bu tasodif emasligi Buxoro viloyatining asosiy jamoasiga qarshi o'yinda ko'rindi. Mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazayotgan Xomyakov jamoasi gulistonliklardan 4 ta gol qabul qilib oldi. Chorak final yo'lida esa “Surxon” mag'lub etildi.

5.jpg

Mazkur natijalar “Guliston” klubi Proligaga tayyor ekanligini ko'rsatadi. Nafaqat natija nuqtayi nazaridan olib qaralsa, futbol maktabini tashkil etish va uning tarbiyalanuvchilarini MyLeague ro'yxatidan o'tkazishda ham “Guliston” faol bo'ldi.

2025 yilning 13 dekabr sanasida Liga rahbariyati Sirdaryo viloyatining o'sha vaqtdagi hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashib, 2027 yilgi mavsumda “Guliston” klubining Proligada ishtirok etishi masalasini muhokama qilgandi. Kelishuvga ko'ra, Gulistonda qurilayotgan va 16 ming ishqibozga mo'ljallangan stadion shu yilning ikkinchi yarmida tayyor bo'lishi kerak edi.

Biroq stadion borasida ishlar rejadagidan kechikmoqda. Maydonning drenaj qismi to'liq tayyor. Yangi tribunalar, texnik zona, yoritish tizimi va Liga tomonidan qo'yilgan boshqa talablar rejaga kiritilgan. Ishni yakuniy bosqichga o'tkazish uchun stadion bo'yicha moliyaviy masalalarni hal etish lozim. Aynan mazkur masala “Guliston” klubining Proligada ishtirok etishida asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Shu yil Liga rahbariyati Sirdaryo viloyatining yangi hokimi Doniyor Qodirov bilan uchrashuvni rejalashtirgan. Umid qilamizki, Doniyor Baxtiyorovich bilan uchrashuvda bir qator savollarga javob olinadi hamda stadion bilan bog'liq masalalarda oldinga siljish kuzatiladi.

Liga Sirdaryo viloyatiga katta futbol havosi 2027 yildayoq kirib borishiga ishonadi”, – deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: pfl.uz