Xoland: "Menimcha, davlat madhiyasini kuylaganimda yig'lasam kerak"

Khoja
12 dek 2025
"Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland kelasi yozda AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati haqida fikr bildirdi.

"Bu mening birinchi Jahon chempionatim bo'ladi va bu ajoyib. Otam [Alf-Inge Haaland] 1994 yilda Qo'shma Shtatlarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida o'ynagan. Shunday ekan, Qo'shma Shtatlarga borib, jahon chempionatida o'ynash uchun chindan ham o'zgacha his tuyg'u. Bu ajoyib bo'ladi. Menimcha, davlat madhiyasini kuylaganimda yig'lasam kerak.

Norvegiya guruhdagi sakkizta o'yinning barchasida g'alaba qozondi va to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Xoland Yevropa saralash bosqichida 16 ta gol bilan eng ko'p to'purar bo'ldi.

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Norvegiya Fransiya, Senegal va qitalararo pley-off orqali turnirga yo'llanma olgan jamoa bilan o'ynaydi.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru