Prezidentimiz “Navbahor” futbol klubining akademiyasida bo'ldi

Iskandarov Abdulaziz
23 iyun 2026, 17:54
Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga safari doirasida “Navbahor” futbol klubi akademiyasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari Namangan viloyatiga tashrifi doirasida “Navbahor” futbol akademiyasiga tashrif buyurib, bu yerda yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o'quv-mashg'ulot jarayonlari bilan tanishdi.

Namangan viloyati o'zining boy futbol ananalari va iqtidorli futbolchilari bilan mamlakatimizda alohida o'rin tutadi. Yosh avlodni xalqaro standartlar asosida tayyorlash maqsadida “Navbahor” akademiyasi boshqaruvi uch yil muddatga dunyoning yetakchi futbol maktablaridan biri sanalgan Niderlandiyaning “Ayaks” futbol akademiyasiga boshqaruvga berilgan.

"Ayaks" dunyodagi eng mashhur akademiya hisoblanadi (1900 yilda tashkil etilgan) va o'z tarbiyalanuvchilarini Yevropaning mashhur klublariga o'tkazish orqali har yili o'rtacha 50-70 million evro daromad oladi.

Kelishuvga asosan, klublar o'rtasida qo'shma o'smirlar futbol akademiyasi tashkil etilib, o'zbekistonlik yosh futbolchilar va murabbiylarni tayyorlash bo'yicha “Ayaks”ning boshqaruv modeli joriy etiladi.

Hozirgi kunda akademiyada xorijiy mutaxassislar, jumladan, murabbiy va skautlar faoliyat yuritib, mahalliy yoshlarni Yevropa futbol standartlari asosida tayyorlash ishlarini olib boryapti.

Prezidentimiz akademiya infratuzilmasi, mashg'ulot maydonlari hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko'zdan kechirdi. Shuningdek, yosh futbolchilar bilan suhbatlashib, ularning orzu-intilishlari va kelgusi rejalari bilan qiziqdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash va O'zbekiston milliy terma jamoasining xalqaro maydonlardagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari akademiya tarbiyalanuvchilari bilan suratga tushdi.

photo_2026-06-23_17-48-23.jpgphoto_2026-06-23_17-48-24.jpgphoto_2026-06-23_17-48-25.jpgphoto_2026-06-23_17-48-26.jpgphoto_2026-06-23_17-48-27.jpgphoto_2026-06-23_17-48-28.jpgphoto_2026-06-23_17-48-29.jpg

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: President.uz