

"Bu avvalgilari darajasidagi raqib emas edi, biroq ularga qarshi o'ynash juda og'ir kechdi. Jamoa himoyada ham, hujumda ham ancha yaxshi ko'rindi. Biz bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik, bizni ikki marta qarshi hujumda ushlab qolishdi va aslida sodir bo'lmasligi kerak bo'lgan epizodlarda ikkita gol o'tkazib yubordik. Lekin mayli, hisobni tenglashtira oldik. Forbshning zaxiradan maydonga tushishi ham jamoaga katta yordam berdi.
Keyin Pedru Netu maydondan chetlatildi va bizga ko'proq himoyalanishga to'g'ri keldi, ammo guruhda birinchi o'rinni egalladik - eng muhimi shu. Endi keyingi o'yingacha besh oy kutishga to'g'ri keladi.
Netuning chetlatilishini kutmagan edik. Men allaqachon sariq kartochka olish xavfi ostida turgan Brunu, Vitinya yoki Veyga ogohlantirilishi mumkin deb o'ylagandim, biroq Pedru Netuning chetlatilishi bizni hayratda qoldirdi", - dedi Jezush.



