

Ozarbayjonning Trend axborot agentligi xabar berishicha, 2026 yilgi mavsumni Qirg'izistonning "O'zgan" klubida o'tkazgan futbolchiga O'zbekistonning bir nechta jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Ular orasida Samarqandning "Dinamo" va Toshkentning "Lokomotiv" klublari ham bor.
Ahmedov yakunlangan mavsumda Qirg'iziston chempionatida 14 ta gol urib, to'purarlar qatoridan joy oldi. Uning jamoasi "O'zgan" esa chempionatni ikkinchi o'rinda yakunladi.
Ozarbayjonlik futbolchining faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi qishki transferlar davrida ma'lum bo'lishi kutilmoqda.
Hozircha Ahmedovning transferi bo'yicha biror klub bilan kelishuvga erishilgani haqida ma'lumot yo'q.



