Braziliyada qarzdorlikka qarshi jiddiy kurash boshladi

18 noya 2026, 09:50
Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) futbolchilar va murabbiylar shtabiga maosh to'lashni kechiktirgan klublarga nisbatan yangi sankciyalarni tasdiqladi.

Bu haqda CBF rasmiy saytida xabar berildi.

2028 yilgi mavsumdan boshlab klublar maosh bo'yicha qarzdorliklari uchun uch ochkodan mahrum etiladi. Tasdiqlangan qoidalarga ko'ra, Braziliya chempionati boshlanishidan 20 kun oldin jamoalar Futbolni tartibga solish va barqarorlik milliy agentligi (ANRESF) oldida o'yinchilar va murabbiylar shtabi oldida qarzdorlik yo'qligini tasdiqlashi shart bo'ladi. Aks holda klub turnirni minus uch ochko bilan boshlaydi.

Yig'ilishda, shuningdek, 2027 yildan boshlab futbolchilarning bir divizion klublari o'rtasidagi o'tishlarida o'tkazilgan o'yinlar soniga qo'yilgan cheklovni bekor qilish to'g'risida ham qaror qabul qilindi.

Manba: Championat.com