Xansi Flik: "U jamoa uchun juda muhim futbolchi"

Mirjalol Normatov
2 yanv 2026
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik himoyachi Ronald Arauxo bilan bog'liq holat haqida gapirdi.

Futbolchi ruhiy holati tufayli 25 noyabr kuni "Chelsi"ga (0:3) qarshi o'yindan keyin hali maydonga tushganicha yo'q. O'shanda u qizil kartochka olgandi.

"Uning qaytishi o'ziga bog'liq. Ronald o'zini yaxshi his qilmoqda, biroq jismonan 100 foiz tayyor emasdir.

U jamoadoshlari bilan gaplashdi, barcha uni qo'llab-quvvatlamoqda. U qaytdi va jamoa uchun muhim futbolchi ekanligini ko'rsatdi.

Arauxo tiklanish uchun etarlicha vaqtga ega bo'ldi. Agarda yana qancha kerak bo'lsa, shuncha vaqt olishi ham mumkin", - dedi Xansi Flik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport