

Kolumbiyalik futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan va 2:2 hisobida yakunlangan bahsda 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Biroq u uchrashuvning 90-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
"Bavariya" matbuot xizmati bugun futbolchi chap son orqa qismi mushaklarida engil jarohat olganini ma'lum qildi. Diasning qachon maydonga qaytishi hozircha aniq emas.



