Xabi Alonso "Real" skautiga niderlandiyalik futbolchini kuzatib borish topshirig'ini berdi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2025, 18:08
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso klubning bosh skauti Yuni Kalafatdan AZ yarim himoyachisi Kes Smitni kuzatib borish uchun Niderlandiyaga borishni so'radi.

Bu haqda "Real Madrid Confidencial" ma'lumot berdi.

Manbaga ko'ra, Alonso 19 yoshli niderlandiyalikni jamoaning asosiy tarkibiga munosib deb bilmoqda. Keyingi transfer oynasida u "Real"ga o'tishi mumkin.

Smit 2024/25 yilgi mavsum AZ safida barcha musobaqalarda 43 o'yinda 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 5 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Real Madrid Confidencial