"Og'riqli". Alonso "Chelsi"ning "Arsenal"ga qarshi derbidagi mag'lubiyatiga munosabat bildirdi

7 sen 2026, 09:40
"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premer-ligasining 3-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat (1:2) haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Og'riqli. Og'riqli, chunki mag'lubiyat alamli bo'ldi. Bu turli vaziyatlarga boy, juda shiddatli o'yin bo'ldi. Bizda hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar bor edi. Birinchi bo'limda ham bir nechta vaziyatlar yuzaga keldi. Mag'lubiyatga uchraganingda xursand bo'lishning iloji yo'q.

Gol urganimizdan so'ng, 15–20 daqiqa davomida haddan tashqari ko'p himoyalanishimizga to'g'ri keldi va o'yin nazorati biroz yetishmadi. Keyinroq to'p bilan yaxshiroq harakat qilgan oraliqlarimiz bo'ldi. Umuman olganda, bu juda zich va shiddatli uchrashuv kechdi. Ikkinchi o'tkazib yuborilgan gol vaziyatida yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edi - juda erta gol o'tkazib yubordik. Yigitlar qo'lidan kelgan hamma narsani berishdi, hamma narsani qilib ko'rishdi. Bu alam qilishi kerak.Biz davom etamiz. Bu bor-yo'g'i uchinchi o'yin, oldinda esa juda, juda uzoq yo'l bor", - deydi Alonsoning so'zlarini BBC.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC