

Yaqinda "Liverpul" keyingi uch mavsum davomida chiptalar narxini oshirish rejasini e'lon qildi, bu muxlislar guruhlarining g'azabiga sabab bo'ldi. APLning 32-turida "Fulxem" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda muxlislar "Enfild" tribunasida banner ko'tarib norozilik namoyishi o'tkazdi.
"Menimcha, muxlislar - klubning yuragi va ruhi. Agar ular shunday deb o'ylashsa, unda norozilik bildirish - ularning qonuniy huquqi. Umid qilamanki, ular klub bilan birgalikda echim topadi.
Bu muammolar mening sardor sifatidagi rolimdan ancha tashqariga chiqadi. Fikrimcha, bizning muxlislarimiz - bu klub. Har doim shunday bo'lgan - mendan oldin ham, keyin ham. Bu muammolar hal qilinishi muhim, chunki bu hech kimning manfaatlariga mos kelmaydi", – dedi 34 yoshli niderlandiyalik.
"Liverpul" Angliya chempionati jadvalida 32 o'yindan so'ng 52 ochko bilan 5-o'rinda.



