"Chelsi" Virc bo'yicha bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2026, 13:50
"Liverpul" va Germaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Florian Virc "Chelsi"ga qo'shilmaydi.

Bu haqda insayder Fabricio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaning so'zlariga ko'ra, "Chelsi" rahbariyati nemis vingerini sotib olishni ko'rib chiqmayapti. Virc unga katta ishonch bildirilgan "Liverpul"da qoladi.

23 yoshli Florian o'tgan mavsum mersisaydliklar tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Uning transfer qiymati 100 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano