

"Menga yoqdi. Haqli g'alaba. Ular butun turnir davomida qanday o'ynagan bo'lsa, shunday o'ynashdi: to'p nazorati bilan. Fransiya deyarli butun o'yin davomida to'psiz harakat qildi. Ispaniyaning o'zida vaziyatlar unchalik ko'p bo'lmadi, lekin men bir nechta yaxshi hujumlarni ko'rdim.
Rabo yarmarkadagi karuselida uchib yuribman deb o'yladi va bunday o'yinchilar bir nechta edi. Ular o'z darajasida emas edilar. Dembelega kelsak, menda u bazida yulduz, bazida havaskordek o'ynaydi, degan taassurot qoldi. Uchinchisi yo'q", – dedi van der Vart NOS efirida.



