Dembele Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tadimi?

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2026, 18:55
"Al Hilol" PSJ hujumchisi Usmon Dembeleni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda mashhur insayder Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

Saudiya Arabistoni klubi "Vest Xem"dan Sammervillni transfer qilganidan so'ng yana bir mashhur vingerni jamoaga olib kelmoqchi.

"Al Hilol" vakillari allaqachon Dembelening atrofidagi insonlar bilan bog'lanishgan. Agar fransiyalik futbolchi o'tishga "yashil chiroq" yoqsa, saudiya arabistoniliklar Fransiya klubi bilan muzokaralarni boshlashadi.

PSJ esa Dembele bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Uning amaldagi kelishuvi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/sachatavolieri