Sardor Sobirxo'jaev: "Neftchi"ning mag'lubiyati bizga farqni qisqartirib olish uchun yaxshi imkon berdi"

5 sen 2026, 01:13
Superliganing 20-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvidan keyin "sherlar" yarimhimoyachisi Sardor Sobirxo'jaev fikrlarini bildirdi.

- G'alaba bilan tabriklaymiz. Oldingi turlarda Dinamo va Surxon bilan bahslarda ochko yo'qotilgan, shuningdek, Kubokda Neftchiga mag'lub bo'lingan edi. Bugungi o'yinga tayyorgarlik qanday kechdi?
​- Assalomu alaykum. Kubok musobaqasini tark etdik. Osiyo Chempionlar ligasida kurashish bir oz murakkab, albatta, maksimal harakat qilamiz, ammo hozir asosiy e'tiborimiz va birinchi darajali vazifamiz - ichki chempionat. Neftchining bizdan oldinroq o'tkazilgan o'yinda mag'lubiyatga uchraganidan xabar topdik. Bu oradagi farqni qisqartirish uchun yaxshi imkoniyat edi. Shu sababli bizda orqaga chekinishga haqqimiz yo'q edi, faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushdik.

​- Paxtakorning chempionlik imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Sababi, avvalgi turlarda Neftchi ochko yo'qotgan paytda Paxtakor ham imkoniyatni boy berayotgan edi. Bunday beqarorlik nima bilan bog'liq?
​- So'nggi o'yinlarda qayerdadir omad yetishmadi, qayerdadir jamoaviy o'yinimiz o'xshamadi. Lekin bugun, shukurki, 3:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik. Raqib darvozaboni ham qizil kartochka oldi. O'ylaymanki, endi hammasi o'z qo'limizda. Agar qolgan bahslarda ochko yo'qotmasak, ustiga-aks Toshkentda Neftchiga qarshi o'zaro o'yinimiz ham bor. Nasib etsa, hammasi biz uchun xayrli bo'ladi.

​- Kerakli ochkolarning boy berilishi hujumchilarning mahsuldorligiga bog'liq emasmi? Masalan, bugungi o'yinda ham gollarni himoyachilar va yarim himoyachi urishdi. Jamoa hujumchilarining ko'rsatkichlari unchalik yuqori emas. Bu yarim himoya va hujum chizig'i o'rtasidagi o'zaro tushunish muammosidan emasmi?
​- Chinedu ikkita gol urdi, adashmasam, Aymen esa hali o'z gollari hisobini ochgani yo'q. Balki Aymenda hali adaptaciya jarayoni kechayotgandir. U - Iroq terma jamoasi sardori, Jahon chempionatida o'ynagan tajribali futbolchi, yosh bola emas. Nima sababdandir hozircha jamoa o'yiniga to'liq kirishib keta olmayapti

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia