Van Bommel PSV bosh murabbiyiga aylandi

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2018, 17:01
"Barselona", "Bavariya", "Milan" va Gollandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Mark van Bommel PSV bosh murabbiyiga aylandi.

41 yoshli mutaxassis va klub o'rtasidagi shartnoma 3 yilga mo'ljallangan. U "Fenerbaxche" ustoziga aylangan Filipp Koku o'rnini egalladi.

Ayni damda van Bommel Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Bert van Marveyk yordamchisi sifatida ishlamoqda. Mark 1999-2005 yillarda PSVda to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psv.nl