

29 o'yinda 72 ochko to'plagan holda eng yaqin taqibchisi “Qorabog'”dan anchagina o'zib ketgan jamoa bugun chempionlikni rasman qo'lga kiritdi.
Aslida “Sabah” 29-turdagi o'yinini 27 aprel kuni o'tkazgan va “Karvan”ni 2:0 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun esa 2-o'rindagi “Qorabog'” Bokuning “Neftchi” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Ushbu natija esa “Sabah”ni muddatidan oldin chempionga aylantirdi.




