Kelishilgan o'yinlar tufayli Ozarbayjon jamoasi Konferenciyalar ligasidan chetlashtirildi

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2026, 16:49
UEFA Ozarbayjonning "Turan Tovuz" klubini 2026/2027 yilgi mavsum uchun evrokuboklarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.

Chetlashtirishga klubning kelishilgan o'yinlarni tashkil etishda ishtirok etgani sabab bo'lgan.
UEFA Apellyaciya organi qaroriga ko'ra, "Turan Tovuz" Konferenciyalar ligasi reglamentining 4.01(g) moddasida belgilangan mezonlarga mos kelmaydi.
Bu mezon o'yinlar natijasiga ta’sir o'tkazish yoki ularni tashkil etishda bevosita va/yoki bilvosita ishtirok etishni anglatadi.
Qaror 2019 yilda Ozarbayjon futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi tomonidan "Turan"ning etti nafar o'yinchisi kelishilgan o'yinlar uchun diskvalifikaciya qilingan ishga asoslanib qabul qilindi.
"Turan Tovuz" klubi ushbu verdiktni Sport arbitraj sudida (CAS) osporish (qayta ko'rib chiqishga erishish) niyatida ekanligini bildirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA