

"Yigitlarga maydonga raqibni hurmat qilgan holda tushish bo'yicha ko'rsatma bergan edik. Raqib Proligada ishtirok etishiga qaramay, bugun ularga nisbatan hurmat saqlash juda muhim edi.
To'g'risini aytsam, birinchi bo'limda o'yinimiz umuman qovushmadi. Garchi ikkita gol urib, 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo'lsak-da, umuman olganda, raqib juda zo'r va mazmunli harakat qildi.
Ikkinchi bo'limda esa bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdik. Kelajakni ko'zlagan holda, yosh yigitlarning salohiyatini sinab ko'rmoqchi edik. Ularning ayrimlari bildirilgan ishonchni oqladi, ikkinchi bo'limni yaxshi o'tkazib, yana uchta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldik. Ammo yomon tomoni shundaki, yana o'z darvozamizdan gol o'tkazib yubordik va bu – juda yomon holat.
Nima bo'lgan taqdirda ham, yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman va endi bor e'tiborimizni navbatdagi kubok bahslariga tayyorgarlik ko'rishga qaratamiz", dedi Bakaev.



