"Komo" va "Roma" durang o'ynashdi, Malen chetlatildi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 18:41
Italiya A Seriyasi 2026/2027 yilgi mavsumining 6-turidan o'rin olgan "Komo" va "Roma" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Komo shahridagi "Djuzeppe Sinigalya" stadionida kechgan bellashuvda tomonlar darvozalarga yo'l topa olishmadi - 0:0. Bahsni faencalik Mikael Fabbri boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Uchrashuvning ikkala bo'limida ham hisob ochilmadi. 53-daqiqada A Seriyaning joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari Doniell Malen raqib himoyachisiga ishlatilgan qo'pollik uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, "Roma"ni maydonda bir kishi kam bo'lib qolishiga sababchi bo'ldi.

“Komo” - “Roma” 0:0

Ushbu o'yindan so'ng 6 ta bahsda 14 ochko jamg'argan "Roma" turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi va peshqadam "Inter"dan ikki ochkoga ortda qolmoqda. 11 ochkoga ega "Komo" esa A Seriyada 6-pog'onani egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia