"Barselona" kuzatib borayotgan olti nafar yosh futbolchining ismi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 16:55
"Barselona" akademiyadan tashqaridagi yosh futbolchilarga sarmoya kiritishda davom etmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar"ning maqsadi bunday o'yinchilarni transfer narxi ko'tarilib ketguniga qadar o'z safiga qo'shib olishdan iborat. Bu haqda Sport.es nashri xabar beradi.

Manba berayotgan xabarga ko'ra, ayni paytda Kataloniya klubi olti nafar futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda: bular 19 yoshli Djosh King ("Fulxem"), 19 yoshli Artur Dias ("Atletiko Paranaense"), 16 yoshli Eduardu Konseysau ("Palmeyras"), 15 yoshli Gabriel Raykovich ("Volerenga"), 17 yoshli Kavan Sallivan ("Filadelfiya Yunion") hamda 16 yoshli Djey-Djey Gabriel ("Manchester Yunayted").

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es