Ulug'bek Bakaev: "Ikkinchi bo'limda o'yinimiz ko'ngildagidek chiqmadi"

Aslanov Jasurbek
21 sen 2026, 00:36
"So'g'diyona" hamda OKMK uchrashuvidan (1:2) so'ng jizzaxliklar ustozi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“O'yinni yaxshi boshladik, ikki tomon ham hujum qildi, vaziyatlar bo'ldi. Standart vaziyatdan gol urdik.

Ikkinchi bo'limda o'yinimiz ko'ngildagidek chiqmadi. Gol urishimiz mumkin bo'lgan vaziyatlar ham bo'ldi, ammo uchrashuv oxirida ikkita gol o'tkazib yubordik.

Bu - futbol, o'yinni 90 daqiqa davomida to'liq o'tkazish kerak. Futbolchilarga etirozim yo'q, fidoyiliklari uchun rahmat. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz” - dedi Bakaev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати