Nikolas Jekson va yana uch nafar "Chelsi" o'yinchisi asosiy tarkib mashg'ulotlaridan chetlatildi

20 avg 2026, 10:35
"Chelsi"ning to'rt nafar futbolchisi asosiy jamoadan alohida mashg'ulot o'tkazmoqda.

"Sky Sports" nashri xabariga ko'ra, himoyachilar Aksel Disasi, Tosin Adarabioyo, forvardlar Nikolas Jekson va Liam Delap mustaqil ravishda shug'ullanishmoqda. Ularning klubdagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, vaziyat bir yil oldin akademiya infratuzilmasidan foydalanishga majbur bo'lgan vinger Rahim Sterling bilan bog'liq holatdan farq qiladi. Xabar qilinishicha, alohida guruh "Chelsi"ning boshqa o'yinchilari bilan bir vaqtda mashg'ulot o'tkazadi va klubning mashg'ulot bazasidagi xuddi o'sha obektlardan foydalanishi mumkin.

Yozda FIFA tomonidan klublarga keraksiz o'yinchilarni ajratib qo'yishni amalda taqiqlovchi yangi qoidalar joriy etilganidan so'ng "Chelsi" vaziyatni sinchkovlik bilan nazorat qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports