U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston oldingi musobaqalar chorak finalida qanday natijalar qayd etgan?

Eldor Akmurzayev
8 mar 2023
Joriy U-20 Osiyo Kubogida Ravshan Haydarov shogirdlari “A” guruhida peshqadam sifatida 1/4 finalga yo'l oldi.

Ularga keyingi bosqichda Avstraliya raqiblik qiladi. O'zbekistonlik yoshlarning avvalgi qita birinchiliklari ushbu bosqichidagi natijalarini eslab o'tamiz:

2002 yil, chorak final (g'alaba)

Suriya – O'zbekiston 0:4

2004 yil, chorak final (mag'lubiyat)

O'zbekiston – J.Koreya 1:3

2008 yil, chorak final (g'alaba)

Xitoy – O'zbekiston 0:0 (penaltilar seriyasi – 3:4)

2010 yil, chorak final (mag'lubiyat)

O'zbekiston – S.Arabistoni 1:2 (qo'shimcha bo'limda aniqlangan)

2012 yil, chorak final (g'alaba)

O'zbekiston – Suriya 2:2 (penaltilar seriyasi – 3:0)

2014 yil, chorak final (g'alaba)

Tailand – O'zbekiston 1:2

2016 yil, chorak final (mag'lubiyat)

Eron – O'zbekiston 2:0

2023 yil, chorak final

11 mart, 19:00. O'zbekiston – Avstraliya

Shunday qilib, O'zbekiston 8-marotaba musobaqaning 1/4 finaliga chiqdi va yoshlar termasi kichik mundialda 4 marta ishtirok etgan. 2003  (Argentina, Ispaniya va Mali bilan) va 2009 (Gana, Urugvay, Angliya) yillarda guruh bosqichida qatnashgan. 2013 (Fransiyaga yutqazgan) hamda 2015 (Senegal) yillarda chorak finalga yetib borgan.

U-20 Jahon chempionati-2023'ga qaysi termalar yo'l olib bo'lgan?


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia