

19 yoshli futbolchi kumirlarini ko'rish uchun mashg'ulot lageriga kelgan milliy terma jamoaning yosh muxlislarini xursand qilishga qaror qildi. Diomande to'siq ortida to'planib turgan bolalarning oldiga borib, ularga pul kupyuralarini tarqata boshladi.
Ushbu videoyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, muxlislarning ijobiy munosabatiga sabab bo'ldi. Kadrlarda futbolchi kutilmagan sovg'alarni xursandchilik bilan qabul qilib olayotgan yosh ishqibozlarga shaxsan o'zi pul berayotgani aks etgan.
Ispaniyaning “Mundo Deportivo” nashri ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchi shu tariqa vatandoshlarini qo'llab-quvvatlashga va milliy terma jamoaga ko'rsatilayotgan e'tibor uchun ularga minnatdorlik bildirishga qaror qilgan.
Bolalardan biri keyinchalik Diomandedan 10 ming KFA franki (taxminan 15 evro) qiymatidagi pul olganini aytib berdi. Bundan tashqari, futbolchi bolalarni egulik va mevalar bilan ham mehmon qilgan.
Takidlash joizki, Diomande ayni damda Afrika Millatlari Kubogi saralashida qatnashayotgan Kot-d’Ivuar terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turibdi.
Yosh vinger 2026 yilning yozida Germaniyaning "Leyptsig" klubidan Madridning "Real" jamoasiga o'tgandi. Futbolchi joriy mavsum 16 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



