


Uning fikricha, inglizlar hisobda oldinda borayotganda qo'rqoqlik qilishgan.
"Ispaniyaning Fransiya bilan o'yinda 1:0 hisobi qayd etilib turgan paytidagi harakatlariga qarang - jasorat, qo'rqmaslik! Endi Angliyaning 1:0 paytidagi o'yiniga qarang. Farqi nimada? Biz hisobda oldinda borayotib, maydonga yana bir himoyachini tushirdik. Bu jamoaga qanday signal beradi? Natijada hisob 4:1 bo'lishi ham mumkin edi", – deydi Ouen.
Sobiq futbolchi, agar Angliyada biroz ko'proq taktik jasorat bo'lganida, jamoa allaqachon Yevropa chempioni bo'lgan va hozir jahon toji uchun kurashayotgan bo'lishini qo'shimcha qildi.



