“Tottenxem” “Barselona” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
4 avg 2026, 18:55
“Tottenxem” “Barselona” hujumchisi Ferran Torresni safiga qo'shib olmoqchi.

Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar bermoqda.

“Shporlar” markaziy hujumchi izlamoqda. Eli-Junior Krupi (“Bornmut”) va Viktor Osimxen (“Galatasaroy”) transferlari barbod bo'lgach, ispaniyalik futbolchi asosiy variantlardan biriga aylandi.

2.jpg

“Tottenxem” Torresning “Barselona” bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha vaziyatini o'rganmoqda. Shuningdek, futbolchini PSJ ham o'z safida ko'rishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport