

"L’Équipe" nashrining xabar berishicha, bir necha kunlik muzokaralardan so'ng Fransiya klubi futbolchini ushbu narxga sotishga rozilik bergan.
Barkolaning o'zi esa inglizlar bilan 5+1 ko'rinishdagi shartnomaga imzo chekadi.
O'tgan mavsumda Barkola PSJ safida barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va ettita golli uzatmaga mualliflik qildi. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.



