

Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, argentinalik futbolchi Milanning "Inter" klubiga o'tishga ogzaki rozilik berib bo'lgan, ammo "neradzurri" hozircha kelishuvni yopa olishmayapti, chunki ularga avval o'yinchi sotish kerak. Insayder Matteo Moretto ma'lumotiga ko'ra, "shporlar" sardori Madridning "Atletiko" klubi uchun ustuvor maqsadga aylangan. "Matraschilar" jahon chempioni uchun kechayotgan kurashda "Inter"ni ortda qoldirishlari mumkin, ammo avval ular ham amaldagi tarkibdagi kim bilandir xayrlashishlariga to'g'ri keladi.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, "Tottenxem" Romeroni taxminan 40 million evroga sotishga tayyor. 28 yoshli futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.



