"Atletiko" Serlotni 40 million evroga sotishga tayyor

8 avg 2026, 11:21
"Atletiko" Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Serlot bilan xayrlashishga tayyor, deb xabar berdi jurnalist Matteo Moretto.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubi 30 yoshli norvegiyalik uchun 40 million evro olmoqchi. Futbolchiga Turkiya klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi moliyaviy jihatdan foydali taklif olsa, ko'chib o'tishni istisno etmaydi.

Serlot o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2026-yilgi jahon chempionatida uning hisobida samarali haraktsiz 5 ta o'yin bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/MatteMoretto