"Tottenxem" "Manchester Siti" a'zosi bilan muzokaralarni tikladi

Sherzod Nurmatov
26 may 2026, 18:15
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Tottenxem" yana "Manchester Siti" vingeri Savino transferiga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabar berishicha, klublar o'rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan. 22 yoshli braziliyalik futbolchi London klubiga o'tishga tayyor.

1.jpg

"Tottenxem" 2025 yilning yozida Savino bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralar olib borgan, ammo "Manchester Siti" uni saqlab qolishga qaror qilgandi.

Savino 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 36 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 40 million evroga baholamoqda. Braziliyalik o'yinchining klub bilan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano