"Tottenxem" Savio uchun 70 million evro to'lashga tayyor

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2026, 16:39
ESPN nashrining xabar berishicha, "Tottenxem" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Savio bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Manbaga ko'ra, "Tottenxem" 2025 yilning yozida 22 yoshli braziliyalik futbolchining huquqlarini qo'lga kiritishni xohlagan, ammo "Siti" bunga to'sqinlik qilgan. Biroq bu poziciya endi yumshagan va "shaharliklar" 70 million evrolik kelishuvni qabul qilishga tayyor. Bu futbolchining "Trua"dan transferi uchun to'lagan pulidan deyarli ikki baravar ko'p.

Savio "Manchester Siti"da 2024 yilning iyulidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 36 o'yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Transfermarkt futbolchining transfer narxini 35 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN