To'rtta qizil va ikkita penalti belgilagan Qizilqum - Andijon uchrashuvi hakamligi Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan alohida ko'rib chiqiladi

Khoja
16 iyun 2024, 09:34
Kecha Qarshida Qizilqum - Andijon uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv jangovar 3:3 hisobi bilan yakunlandi. Bahsni boshqarib borgan Sardor Ismatullaev o'yin davomida Andijon jamoasi darvozasiga ikkita penalti qo'ydi va andijonliklarning jami to'rt nafar vakiliga qizil ko'rsatdi. O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur holatlar Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan alohida ko'rib chiqilishini ma'lum qiladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: UZFHM