

- O'yin haqida fikringiz?
- Andijonda o'ynash og'ir bo'lishini bilardik. Chunki bu yerda 12-o'yinchi bor, bu - muxlislar. Bunday muhitda har bir jamoaga qiyin bo'ladi. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va shuning evaziga g'alaba qozondik. Yutuq bilan jamoamizni, rahbarlarimizni, uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizni tabriklayman. "Andijon"ga esa keyingi bahslarda omad tilayman.
- Samandar Shukurullaev maydonga tushgach, besh nafar himoyachi bilan harakat qilishga o'tdingiz. Bu natijani saqlab qolish uchunmidi?
- Ha, shunday. Biz gol urib olgandik, ijobiy natijaga erishish uchun biroz orqaga o'tdik va besh nafar himoyachi taktikasini qo'lladik.
- Zaxiradan tushganlar o'yinni qanchalik kuchaytira oldi?
- Futbolchilarimiz qo'ldan kelgancha harakat qilib g'alabaga hissa qo'shishdi. Zaxiradan asosan himoyaga yordam beradigan futbolchilarni tushirdik. O'yinimiz qovushdi deb o'ylayman.


