Tezkor: "Anderlext" hamda "Fenerbaxche" futbolchilari maydonni tark etdi. Nega?

Mirjalol Normatov
21 fev 2025
Ayni damda Yevropa ligasining o'tish bosqichi doirasidagi uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

Bugungi kun dasturidan "Anderlext" - "Fenerbaxche" (dastlabki o'yin 0:3) uchrashuvi ham o'rin olgan. Uchrashuvning 4-daqiqasida mehmonlar hisobni ochgandi. Biroq bahs 8-daqiqada to'xtab qoldi.

Tezkor ma'lumotlarga qaraganda, tribunada ikki jamoa muxlislari o'rtasida katta janjal kelib chiqqan va bosh hakamga xavfsizlik xizmati o'yinni to'xtatishni talab qilgan. Shundan keyin o'yin to'xtatildi va futbolchilar maydondan olib chiqib ketildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia