

"Sempre Milan" nashrining "Corriere della Sera"ga tayanib xabar berishicha, ushbu mojaro restoranlardan birida, Jorjio Furlani va Igli Tare ko'z o'nggida yuz bergan. Mavsum yakunida o'z lavozimini tark etgan klub rahbariyatining sobiq a'zolari Allegri va Ibragimovichni ajratib qolishga majbur bo'lishgani takidlanmoqda.
Qayd etilishicha, Allegri va Ibragimovich birgalikdagi faoliyatlarining so'nggi bir necha haftasi davomida umuman muloqot qilishmagan. Bunga transferlar borasidagi kelishmovchiliklar, shuningdek, "Milan" maslahatchisining murabbiy ortidan futbolchilar hamda Allegrini faol ravishda tanqid qilib kelgan Antonio Kassano bilan xufyona gaplashib yurgani sabab bo'lgan.



