

Angliya klubi va "Atalanta" o'rtasida 26 yoshli yarim himoyachining transferi bo'yicha muzokaralar yakuniy bosqichda davom etmoqda, deya xabar bermoqda "Sky Sports".
Mankunianliklar futbolchi uchun 40,5 million evro to'lashi kutilmoqda. Kelishuvda, shuningdek, 3,5 million evro miqdoridagi bonus to'lovlari ham ko'zda tutilgan. Tomonlar hafta oxiriga qadar to'liq kelishuvga erishishlari mumkin.
Yakunlangan mavsumda braziliyalik futbolchi A Seriya doirasida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



