

Yakuniy jadvalga nazar tashlasak, qaysi jamoalar evrokubok yo'llanmasini qo'lga kiritganini muhokama qilishimiz mumkin.
Shuni takidlash kerakki, 2026/2027 yilgi Chempionlar Ligasida Angliya sharafini 5 ta jamoa himoya qiladi. APL klublarining bu mavsumdagi ijobiy natijalari tufayli qo'shimcha yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Chempionlar Ligasi: "Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Aston Villa", "Liverpul"
Yevropa Ligasi: "Bornmut", "Sanderlend"
Konferenciyalar Ligasi: "Brayton"
"Kristal Pelas" 27 may kuni Konferenciyalar Ligasi finalida "Rayo Valekano" bilan o'ynaydi. Agar londonliklar g'alaba qozonsa, keyingi mavsum Yevropa Ligasida qatnashadi.



