"Surxon" nazorat uchrashuvida "G'azalkent" ustidan g'alaba qozondi

Оқил Абдубарноев
12 iyul 2026, 00:34
"G'azalkent" jamoasi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi navbatdagi nazorat o'yinini Superliga vakili – Termizning "Surxon" klubiga qarshi o'tkazdi.

Milliy futbol markazining mashg'ulot maydonida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuv, jamoalarning o'zaro kelishuviga asosan, har biri 40 daqiqadan iborat bo'lgan 3 ta taym shaklida tashkil etildi.

Murosasiz kechgan bahsda termizliklar 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi.

63-daqiqada "G'azalkent" yarim himoyachisi Lazizbek Mirzaev hisobni ochdi. 83-daqiqada Farrux Salixjanov javob to'pini kiritib, muvozanatni tikladi. 108-daqiqada Behruz Akramov tomonidan urilgan gol "Surxon" jamoasiga g'alaba keltirdi.

Mazkur nazorat bahsi har ikki jamoa murabbiylar shtabi uchun futbolchilarning jismoniy holatini sinab olish va taktik sxemalarni amalda qo'llash uchun qulay imkoniyat bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia