"Surxon" - "Navbahor" uchrashuvi Namanganda o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2026, 14:40
"Surxon" - "Navbahor" uchrashuvi Namanganga ko'chirildi.

Superliga 13-turidan o'rin olgan “Surxon” - “Dinamo” uchrashuviga mezbonlik qilishi lozim bo'lgan stadion Surxon klubi tomonidan Superliga reglamenti bo'yicha o'z vaqtida taqdim etilmaganidan kelib chiqib, Samarqanddagi “Dinamo” stadioniga ko'chirilgandi. Vaholanki, “Surxon” klubi bunga qadar Termizda raqiblarini qabul qila olmasligi yuzasidan Ligaga rasmiy murojaat yo'llagandi.

Mazkur holat “Surxon”ning qatorasiga ikkinchi uy uchrashuvi masalasida ham takrorlandi. Superliga 16-turidan o'rin olgan “Surxon” - “Navbahor” uchrashuvi sanasiga allaqachon 20 kundan kam vaqt qolgan bo'lsa-da, “Surxon” hozirga qadar o'z uy o'yinlarini o'tkazishi lozim bo'lgan stadion nomini Ligaga taqdim etmadi. Shu holat hamda Namangandagi stadion mavsumga tayyor ekanligidan kelib chiqib, Liga “Surxon” - “Navbahor” uchrashuvini raqib maydonida o'tkazish bo'yicha qaror qabul qilishga majbur bo'ldi.

Ma'lumot uchun, avvalroq Termizdagi stadion nima sababdan bunday holatga kelganligi Liga tomonidan alohida o'rganilishi ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda Liganing stadionlar bo'yicha tegishli mutaxassislari Termizda bo'lib turibdi. Ishchi guruh xulosasi bo'yicha keyinroq rasmiy ma'lumot taqdim etiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz