Superliga. "Xorazm" – "Andijon" 0:2 (Matnli translyatsiya)

Sherzod Nurmatov
4 may 2026, 18:55
Superliga 11-turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Andijon" bahsi .

Superliga

11-tur

"Xorazm" – "Andijon" 0:2 LIVE

Gol: 15 - Aleksandre Androkinashvili (Bekzod Sulaymonov), 20 - Humoyunmirzo Iminov (Po'latxo'ja Xoldorxonov)

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev

VAR: Ravshan Abduvohidov

AVAR: Sanjar Shoyusupov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev

“Xorazm”: 33.Nikola Stoshich, 5.Abbos Otaxonov, 7.Temurbek Ismoilov (11.Danila Ejov,65), 13.Elzio Lohan (17.Danil Nugumanov, 65), 15.Diyorbek Ortiqboev (8.Nodir Abduxoliqov,16), 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom (88.Abror Xo'sinov.46), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 94.Rustam Abduhamidov (70.Sultonboy Ismoilov, 58), 96.Rafael Sabino, 97.Bubakar Traore.

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 6.Shohjahon Sultonmurodov, 9.Jasur Azimov, 80.Farruh Ibrohimov,

“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 6.Aleksandre Androkinashvili, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (27.Martin Boake.64), 9.Imeda Ashortia, 11. Humoyunmirzo Iminov, 15.Nemanya Chalasan, 18.Damir Temirov (17.Azizbek Turg'unboev, 64), 22.Usmonali Ismonaliev, 28.Bekzod Sulaymonov (26.Muhammadkarim Toirov, 64), 77.Mahmudjon Mahamadjonov.

Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 10.Dragan Cheran, 14.Abdurahmon Komilov, 19.Sayfiddin Sodiqov, 20.Islom To'xtaxo'jaev,

70. Ashortia hisobni yirik ko'rinishga keltirdi, biroq hakam bu vaziyatda ofsayd borligini ma'lum qildi

69. Turg'unboev bitta himoyachidan ajoyib tarzda o'tdi va zarba yo'lladi. Stoshich qiyinchilik bilan to'pni qaytardi

67. Pirmuhammedovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

65. Lohan va Ismoilov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Ejov va Nugmanov maydonga tushdi

64. Temirovning o'rniga Turg'unboev maydonga tushdi, Boake esa Sulaymonovning o'rniga maydonga tushdi. Toirov esa Xoldorxonovni alishtirdi

58. Ismoilov maydonga tushdi, u Abduhamidovni alishtirdi

54. Qarshi hujumdan so'ng mezbonlar hisobni qisqartirishi mumkin edi, Mahamadjonov so'nggi soniyada to'pni burchakka chiqarib yubordi

50. Abduhamidovning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

49. Abduhamidovning uzatmasiga Traore yetib kela olmadi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

43. Tantashev VARni tingladi va mezbonlar darvozasiga penalti belgilashga asos yo'q deb hisobladi

39. Ashortianing navbatdagi ajoyib zarbasi va yana mezbonlar darvozabonidan seyv

37. Ashortianing uzoqdan yo'llagan kucli zarbasini Stoshich qiyinchilik bilan bartaraf etdi

34. Nodir Abdixoliqovning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

31. Sunnatulloh Hamidjonovning jarima maydonchasining yaqinidan bergan kuchli zarbasi noaniq ketdi

22. Ustunlik to'liq mehmonlarga o'tib ketdi. Yana bir zarbaga aniqlik yetishmadi

photo_2026-05-04_19-21-42.jpg

20. GOOOL. Mehmonlar urchak to'pidan aniq ishlanmani amalga oshirib berdi. Iminov-Xoldorxonov tandemi orqali Humoyunmirzo hisobni o'zgartirdi

19. Sulaymonov qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, Rom sal qolsa o'z darvozasiga gol urib qo'yishi mumkin edi.

16. Ortiqboev jarohat sababli maydoni tark etdi, uning o'rniga Abdixoliqov maydonga tushdi

15. GOOOL. Aleksandre Androkinashvili SUPERGOL urmoqda. Gruziyalik futbolchi raqib maydonchasiga kirmasdan uzoqdan zarba yo'lladi, bu zarba oldida xorazmliklar posboni ojiz qoldi

10. Jarimadan uzatilgan to'pni Adhamov qiyinchiliksiz ushlab oldi. Hozircha uchrashuv asosan maydon markazida o'tmoqda

2. Ilk daqiqadan mehmonlar ajoyib hujumni tashkil qilishdi. Ashortianing uzatmasidan so'ng Sulaymonov boshi bilan zarba yo'lladi. Biroq uning zarbasi noaniq ketdi

photo_2026-05-04_19-54-53.jpg

Uchrashuv boshlandi!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia