

Superliga. 10-tur
“So'g'diyona” – “Surxon” 2:0
Gollar: 11 - Lyupcho Doriev, 16 - Islomjon Qobilov
Zomin. “Zomin” stadioni. 19:00
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Dias Galeev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Shohnur Yo'ldoshev
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Vladimir Nazarov
“So'g'diyona”: 18.Nikola Mirkovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 9.Feysal Mulich, 10.Javohir Qahramonov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 14.Lyupcho Doriev, 17.Ollabergan Karimov, 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 32.Nodirjon Soyibov.
Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 7.Aleksandar Bolevich, 8.Suhrob Izzatov, 21.Toxirbek To'xtasinov, 29.Amirbek Saidov, 34.Dildosh Misiraliev, 42.Sardorbek Erkinov, 70.Jasurbek Jaloliddinov, 77.Oybek Nurmatov.
“Surxon”: 25.Otabek Boymurodov, 3.Behruz Jumatov, 4.Nodirxon Nematxonov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Xumoyun Sherbo'taev, 9.Stiven Chinedu, 11.Richard Fraydey, 17.Sarvar Abduhamidov (18.Behruz O'ktamov, 26’), 22.Javohir Jo'raev, 66.Behro'z Shaydulov.
Zaxira: 86.Davron Merganov, 10.Sunnatilla Abdullajonov, 14.Tohirjon Ashurbaev, 15.Diyor Ramazonov, 19.Farruxjon Qodirov, 23.Komronbek Yusupov, 27.Muhammadali Musaxonov, 77.Asadbek Karimov.
Ogohlantirishlar: 24 - Feysal Mulich
🕘 45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+2. Jo'raqo'ziev juda yaqin masofadan darvozaga aniq zarba berdi, Boymurodov super seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan qaytardi!
45. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Havolatib uzatilgan to'pni Qobilov bosh bilan zarba berdi, to'p raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi.
35. Dorievning erlatib bergan zarbasi aniq bo'ldi, to'pni Boymurodov ushlab oldi.
29. Dostonbek Tursunovning zarbasi sherigi Chineduga tegib, noaniq bo'ldi.
26. “Surxon” birinchi bo'limdayoq o'zgarish amalga oshirdi. Abduhamidov o'rniga O'ktamov tushdi.
🟨 24. Yo'q, Mulich raqibiga ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
23. Ana xolos, “So'g'diyona” futbolchisiga qizil kartochka berilishi mumkin, holat VARda ko'rilmoqda.
17. Zo'r boshladi jizzaxliklar, buyog'iga mehmonlar nima qiladi, kuzatamiz.
⚽️ 16. GOL! Islomjon Qobilov hisobni oshirdi! Jo'raqo'zievning zarbasini darvozabon qaytardi, ikkinchi zarbani Qobilov berdi va gol urdi!
15. Jizzaxliklar gol urgach ham tinmayapti, hujumlar soni oshmoqda.
14. Hammasi joyda, gol inobatga olindi, o'yin davom etadi, hisob - 1:0.
12. Qiziq, gol urilgan vaziyat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.
⚽️ 11. GOL! Dorievdan super gol! Lyupchoning chamasi 25 metrlardan bergan zarbasi darvoza to'ridan joy oldi!
10. Jo'raqo'zievdan zarba, Boymurodovdan seyv! “So'g'diyona” futbolchisi yaxshi vaziyatni qo'ldan boy berdi.
6. Dorievning ajoyib uzatmasidan so'ng Mulich darvozaga zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi!
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 10-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Surxon” uchrashuvining matnli translyatsiya kuzatib borishga taklif etamiz!



