Rasman: Ilgiz Tantashev Shotlandiya – Marokash o'yinini boshqaradi

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2026, 18:34
O'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev "C" guruhi 2-turi doirasidagi bahsga tayinlov oldi.

U 20 iyun kungi Shotlandiya – Marokash bahsiga tayinlandi. Unga qanotlarda o'zbekistonlik yon hakamlar Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

To'rtinchi hakam iordaniyalik Adham Mahadmeh, uning yurtdoshi Muhammad Al Kalaf zaxiradagi hakam yordamchisi bo'ladi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur bellashuv 03:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fifa referee project